메인메뉴 바로가기 본문으로 바로가기
SEOYEONG UNIVERSITY

Student-friendely! Full of Dreams! Promising Futures!

Qabullar

HOME Degree courses(D-2)Qabullar


O‘qishga qabul qilish fakultetlari

O‘qishga qabul qilish fakultetlari : Fakultetlar, Kurslar

Fakultetlar

Kurslar

Amaliy koreys tili fakulteti

2 yillik kurs (kunduzgi yoki kechki darslar)

Sanoat muhandisligi fakulteti

2 yillik kurs (kunduzgi)

Qariyalar salomatligi fakulteti

2 yillik kurs (kunduzgi)

Sun’iy intellekt va kelajakdagi avtomobilsozlik fakulteti

2 yillik kurs (kunduzgi)

Go‘zallik va kosmetologiya fakulteti

2 yillik kurs (kunduzgi)

Kechki kurslar mahalliy korxonalarda ishlaydigan E-9 vizasiga ega chet ellik talabalar uchun mo‘ljallangan.

Qabul qilish bo‘limiga oid yuqorida aytilgan tafsilotlar va boshqa ma’lumotlar o‘zgarishi mumkin.

O‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lish talablari

Quyidagi barcha ①, ② va ③talablarga javob beradiganlar

  1. 1Ota-onalar ham, ariza beruvchi ham chet elliklar
  2. 2O‘rta maktab bitiruvchilari yoki unga tenglashtiriluvchi maktab ma’lumotiga ega bo‘lganlar
  3. 3Koreys tilini bilish testidan (TOPIK) 2 yoki undan yuqori darajaga ega bo‘lganlar yoki unga tenglashtiriluvchi kurslarning bitiruvchilari

    Ariza topshirilgan sanada Koreya fuqaroligiga ega bo‘lgan ikki fuqarolik fuqarolari ariza berish huquqiga ega emaslar.

Qabul qilish jarayonlari

  • STEP 1

    Ariza hujjatlari qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi

  • STEP 2

    Tekshiruv natijalari eʼlon qilinadi

  • STEP 3

    Oʻqish toʻlovi toʻlanadi

  • STEP 4

    Standart kirish bildirishnomasi beriladi

  • STEP 5

    Viza (D-2) olinadi yoki viza holati oʻzgartiriladi

  • STEP 6

    Koreyaga kirish

  • STEP 7

    Darslar boshlanadi

Tekshirish rejasi

Tekshirish rejasi : Tasniflanishi, 1-kursga qabul qilish, 2-kursga qabul qilish

Tasniflanishi

1-kursga qabul qilish

2-kursga qabul qilish

Qabul uchun ariza hujjatlarini taqdim etish

Oktabr

Dekabr

Hujjatlarni ko‘rib chiqish va suhbat qilish

Noyabr

Yanvar

Qabul qilingan talabalarni xabardor qilish

Dekabr

Fevral

O‘qish pulini to‘lash

Dekabr

Fevral

Darslar boshlanadi

Mart

Suhbat faqat hujjatlarni tekshirishdan o‘tganlar uchun o‘tkaziladi. Suhbat davomida abituriyentning universitetda o‘qishga bo‘lgan umumiy qobiliyati, jumladan koreys tilini bilish darajasi baholanadi. O‘qish uchun nomunosib yoki malakasiz deb topilganlar rad etiladi.

Yuqoridagi rejalangan sanalar o‘zgarishi mumkin.

Tekshirish usullari

Hujjatlarni tekshirish

  1. 1O‘qishga bo‘lgan qobiliyati: Nomzod oddiy o‘rta maktab bitiruvchilarinikiga teng bo‘lgan o‘quv qobiliyatiga ega ekanligi yoki yo‘qligi
  2. 2Koreys tili bo‘yicha ko‘nikmalari: TOPIK ball hisoboti kabi koreys tilini bilishni tasdiqlovchi hujjatlar
  3. 3Moliyaviy imkoniyatlari: Moliyaviy imkoniyatga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar

Suhbat

  1. 1Koreys tilida muloqot qila olish qobiliyati
  2. 2O‘qishga bo‘lgan qobiliyat, shaxsiyat va boshqalar.

Taqdim etiluvchi hujjatlar

Ariza anketasi

Ariza anketasi Yuklab olish

Pasportning nusxasi

  • Ariza beruvchining va uning ota-onasining pasportlari (yoki tegishli davlatning ID kartasi) nusxalari taqdim etilishi kerak
  • Pasportlar darslar boshlangan kundan boshlab bir yil yoki undan ko‘proq amal qilish muddatiga ega bo‘lishi kerak
  • Koreyada yashayotlar chet ellikni ro‘yxatga olish kartasining nusxasini (old va orqa tomonlari) ham taqdim etishlari kerak

O'rta maktabni tugatganligi (yoki tugatishi kutilayotganligi) to’g’risidagi guvohnoma

Quyidagilardan biri

  1. 1Apostil autentifikatsiyasi (Apostilga a'zo mamlakatlardan kelganlar)
  2. 2Ariza beruvchining mamlakatida joylashgan Koreya konsuli yoki uning Koreyada joylashgan konsuli tomonidan tasdiqlangan hujjatlarning asl nusxalari

    Xitoylik abituriyentlar Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi Xitoy Oliy Ta’lim Talabalar Ma’lumotlari (CHSI) tomonidan tasdiqlangan hujjatlarni taqdim etishlari kerak.

    O’rta maktabni tugatishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etganlar keyinroq o‘qishni tugatganligi to‘g‘risidagi attestatni topshirishlari shart.

O‘rta maktabda o‘qitilgan fanlar bo‘yicha baholar hisoboti

Asl nusxa va notarial tasdiqlangan tarjima nusxasi (ingliz yoki koreys)

Koreys tilini bilish bo‘yicha sertifikatlangan ball hisoboti

Quyidagilardan biriga tegishli hujjatlar

  1. 1TOPIK 2-daraja yoki undan yuqori ball hisoboti kabi koreys tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatlar
  2. 2Mahalliy Koreya universiteti tomonidan berilgan 3-daraja yoki undan yuqori ballga egalik haqidagi koreys tili kursi ballari hisoboti
  3. 3Koreya Immigratsiya va Integratsiya Dasturi (KIIP) 2-darajali yoki undan yuqori kursini tamomlaganlik haqidagi sertifikat
  4. 4King Sejong Institute Korean Beginner II yoki undan yuqori kursni tamomlaganlik haqidagi sertifikat

Oilaviy munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlar

  • Ariza beruvchining va uning ota-onasining fuqaroligi va oilaviy munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar
  • Xitoylik abituriyentlar: Xitoy uy xo‘jaligi ro‘yxatining asl nusxasi (ota-onaning oilasidan ajralganda qarindoshlik guvohnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi)
  • Xitoydan boshqa mamlakatlardan bo‘lgan abituriyentlar: Oilaviy munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlar

Bank hisobi balansi haqidagi sertifikat

  • Ariza beruvchi yoki uning ota-onasi yoki moliyaviy kafil nomidagi jamg‘arma hisobi qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning asl nusxasi (16 million koreys von va undan ortiq)
  • Hisobdagi balans olti oydan ortiq vaqt davomida saqlanishi va shartli ravishda to‘lovni to‘xtatib turish muddati ko‘rsatilishi kerak.

Hisobdagi balans sertifikati Koreya Adliya vazirligi koʻrsatmalariga muvofiq taqdim etilishi kerak. Zarur hollarda ma’lum qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi kerak.

Xitoylik abituriyentlar: Kirish vizasiga murojaat qilganingizda, oxirgi bir oy ichida yangi berilgan sertifikatni qo‘shimcha ravishda topshirishingiz kerak.

Moliyaviy ko‘makni tasdiqlovchi hujjatlar

Ish joyi, daromadi va mol-mulkini tasdiqlovchi moliyaviy ko‘mak haqidagi hujjatlarning ingliz yoki koreys tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi (ingliz yoki koreys)

Hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayoni davomida tasdiqlash maqsadlarida qo‘shimcha hujjatlar so‘ralishi mumkin.

O‘qish pulini to‘lash

O‘qish puli va stipendiyalar

O‘qish puli va stipendiyalar : Fakultetlar, O‘qish pullari (A), Stipendiya fondlari (B), Jami to‘lanuvchi summa(A-B), Izohlar

Fakultetlar

O‘qish pullari (A)

Stipendiya fondlari (B)

Jami to‘lanuvchi summa(A-B)

Izohlar

Amaliy koreys tili fakulteti

2 500 000 von

750 000 von

1 750 000 von

  • Stipendiya 30%
  • Bekor qilingan qabul (o‘qish) puli

Sanoat muhandisligi fakulteti

2 750 000 von

825 000 von

1 925 000 von

Qariyalar salomatligi fakulteti

2 500 000 von

750 000 von

1 750 000 von

Sun’iy intellekt va kelajakdagi avtomobilsozlik fakulteti

2,750,000 von

825,000 von

1,925,000 von

Go‘zallik va kosmetologiya fakulteti

2 750 000 von

825 000 von

1 925 000 von

Yotoqxona uchun to‘lov

Yotoqxona uchun to‘lov : Tasniflanishi, Ikki kishilik xona, To‘rt kishilik xona, Izohlar

Tasniflanishi

Ikki kishilik xona

To‘rt kishilik xona

Izohlar

Summa

930 000 von
(Oyiga 155 000 von)

810 000 von
(Oyiga 135 000 von)

Ovqatlanish uchun to‘lovlar bundan mustasno

Davr

6 oy

Bank orqali o‘tkazish uchun hisob: Bank hisobi haqida qabul qilingan talabalar e'lon qilinganida xabar beriladi.

O‘qish puli va boshqa tariflar o‘zgarishi mumkin.

Talabalar Koreyaga kelganidan yoki Koreyaga kirganidan keyin barcha xarajatlarni o‘z zimmalariga oladilar.
[Misollar: Sug‘urta badallari (milliy tibbiy sug‘urta, chet ellik talabalar sug‘urtasi), darsliklar, chet elliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar va boshq.]

Qabul qilish bo‘yicha yo‘riqlar