Qabul qilish jarayonlari
STEP 1
Ariza hujjatlari qabul qilindi va koʻrib chiqildi
STEP 2
Tekshiruv natijalari eʼlon qilindi
STEP 3
Oʻqish va yotoqxona toʻlovlari toʻlandi
STEP 4
Standart kirish bildirishnomasi berildi
STEP 5
D-4 vizasi olindi
STEP 6
Koreyaga kelish
STEP 7
Orientatsiya va joylashtirish testlari
STEP 8
Darslar boshlandi
Hujjatlarni ko‘rib chiqish vaqtida zarur hollarda suhbatlar o‘tkazilishi mumkin.
O‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lish talablari
Quyidagi ① va ② talablarga javob beradiganlar
- 1Chet el fuqarolari yoki xorijdagi koreyslar
- 2O‘rta maktab bitiruvchilari yoki unga tenglashtiriluvchi maktab ma’lumotiga ega bo‘lganlar
Taqdim etiluvchi hujjatlar
Ariza anketasi
Ariza anketasi Yuklab olish
Pasportning nusxasi
- Ariza beruvchining va uning ota-onasining pasportlari (yoki tegishli davlatning ID kartasi) nusxalari taqdim etilishi kerak
- Pasportlar darslar boshlangan kundan boshlab bir yil yoki undan ko‘proq amal qilish muddatiga ega bo‘lishi kerak
- Koreyada yashayotlar chet ellikni ro‘yxatga olish kartasining nusxasini (old va orqa tomonlari) ham taqdim etishlari kerak
O'rta maktabni tugatganligi (yoki tugatishi kutilayotganligi) to’g’risidagi guvohnoma
Quyidagilardan biri
- 1Apostil autentifikatsiyasi (Apostilga a'zo mamlakatlardan kelganlar)
- 2Ariza beruvchining mamlakatida joylashgan Koreya konsuli yoki uning Koreyada joylashgan konsuli tomonidan tasdiqlangan hujjatlarning asl nusxalari
Xitoylik abituriyentlar Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi Xitoy Oliy Ta’lim Talabalar Ma’lumotlari (CHSI) tomonidan tasdiqlangan hujjatlarni taqdim etishlari kerak.
O’rta maktabni tugatishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etganlar keyinroq o‘qishni tugatganligi to‘g‘risidagi attestatni topshirishlari shart.
O‘rta maktabda o‘qitilgan fanlar bo‘yicha baholar hisoboti
Asl nusxa va notarial tasdiqlangan tarjima nusxasi (ingliz yoki koreys)
Oilaviy munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlar
- Ariza beruvchining va uning ota-onasining fuqaroligi va oilaviy munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar
- Xitoylik abituriyentlar: Xitoy uy xo‘jaligi ro‘yxatining asl nusxasi (ota-onaning oilasidan ajralganda qarindoshlik guvohnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi)
- Xitoydan boshqa mamlakatlardan bo‘lgan abituriyentlar: Oilaviy munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlar
Bank hisobi balansi haqidagi sertifikat
- Ariza beruvchi yoki uning ota-onasi yoki moliyaviy kafil nomiga depozit qilingan jamg‘arma hisobi qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning asl nusxasi (8 million koreys von va undan ortiq)
- Kamida 3 oylik depoziti va pul yechishni shartli to'xtatib turish davri bolgan bank hisobvarag'i.
Hisobdagi balans sertifikati Koreya Adliya vazirligi koʻrsatmalariga muvofiq taqdim etilishi kerak. Zarur hollarda ma’lum qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi kerak.
Xitoylik abituriyentlar: Oxirgi bir oy ichida yangi berilgan bank hisobvarag‘i qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kirish vizasini olish uchun ariza berish paytida qo‘shimcha ravishda taqdim etilishi kerak.
Vetnamlik abituriyentlar: Chet elda o‘qish mablag‘lari jamg‘arma depoziti sertifikati (8 million von yoki undan ko‘p, bir yil yoki undan ko‘proq muddatga saqlanadi) taqdim etilishi kerak.
Moliyaviy ko‘makni tasdiqlovchi hujjatlar
- Ish joyi, daromadi va mol-mulkini tasdiqlovchi moliyaviy ko‘mak haqidagi hujjatlarning ingliz yoki koreys tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi
Hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayoni davomida tasdiqlash maqsadlarida qo‘shimcha hujjatlar so‘ralishi mumkin.
Harajatlarga oid ma’lumotlar
- Ariza topshirish to‘lovi: 50 000 von (qaytarib berilmaydi)
- O‘qish to‘lovi: semesteriga 1 000 000 von
- Sug‘urta badali: har yarim yilda 65 000 von atrofida
- Yotoqxona uchun to‘lovlar
- 810 000 von (6 oy, to‘rt kishilik)
- Ovqatlanish uchun to‘lovlar bundan mustasno
- Bank orqali o‘tkazish uchun bank hisobi: Institut bank hisobi haqida qabul qilingan talabalar e'lon qilinganida xabar beriladi.
Talabalar Koreyaga kelganidan yoki Koreyaga kirganidan keyin barcha xarajatlarni o‘z zimmalariga oladilar.
[Misollar: Sug‘urta badallari (milliy tibbiy sug‘urta, chet ellik talabalar uchun halokatlar sug‘urtasi), darsliklar, chet elliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar va boshq.]
Qabul qilish bo‘yicha yo‘riqlar