O‘qishga qabul qilish fakultetlari
O‘qishga qabul qilish fakultetlari : Fakultetlar, KurslarFakultetlar
|
Kurslar
|
Amaliy koreys tili fakulteti
|
2 yillik kurs (kunduzgi yoki kechki darslar)
|
Sanoat muhandisligi fakulteti
|
2 yillik kurs (kunduzgi)
|
Qariyalar salomatligi fakulteti
|
2 yillik kurs (kunduzgi)
|
Sun’iy intellekt va kelajakdagi avtomobilsozlik fakulteti
|
2 yillik kurs (kunduzgi)
|
Go‘zallik va kosmetologiya fakulteti
|
2 yillik kurs (kunduzgi)
|
Kechki kurslar mahalliy korxonalarda ishlaydigan E-9 vizasiga ega chet ellik talabalar uchun mo‘ljallangan.
Qabul qilish bo‘limiga oid yuqorida aytilgan tafsilotlar va boshqa ma’lumotlar o‘zgarishi mumkin.
O‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lish talablari
Quyidagi barcha ①, ② va ③talablarga javob beradiganlar
- 1Ota-onalar ham, ariza beruvchi ham chet elliklar
- 2O‘rta maktab bitiruvchilari yoki unga tenglashtiriluvchi maktab ma’lumotiga ega bo‘lganlar
- 3Koreys tilini bilish testidan (TOPIK) 2 yoki undan yuqori darajaga ega bo‘lganlar yoki unga tenglashtiriluvchi kurslarning bitiruvchilari
Ariza topshirilgan sanada Koreya fuqaroligiga ega bo‘lgan ikki fuqarolik fuqarolari ariza berish huquqiga ega emaslar.
Qabul qilish jarayonlari
STEP 1
Ariza hujjatlari qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi
STEP 2
Tekshiruv natijalari eʼlon qilinadi
STEP 3
Oʻqish toʻlovi toʻlanadi
STEP 4
Standart kirish bildirishnomasi beriladi
STEP 5
Viza (D-2) olinadi yoki viza holati oʻzgartiriladi
STEP 6
Koreyaga kirish
STEP 7
Darslar boshlanadi
Tekshirish rejasi
Qabul bo‘yicha yo‘riqnomaga qarang.
Tekshirish usullari
Hujjatlarni tekshirish
- 1O‘qishga bo‘lgan qobiliyati: Nomzod oddiy o‘rta maktab bitiruvchilarinikiga teng bo‘lgan o‘quv qobiliyatiga ega ekanligi yoki yo‘qligi
- 2Koreys tili bo‘yicha ko‘nikmalari: TOPIK ball hisoboti kabi koreys tilini bilishni tasdiqlovchi hujjatlar
- 3Moliyaviy imkoniyatlari: Moliyaviy imkoniyatga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar
Taqdim etiluvchi hujjatlar
Ariza anketasi
Ariza anketasi Yuklab olish
Pasportning nusxasi
- Ariza beruvchining va uning ota-onasining pasportlari (yoki tegishli davlatning ID kartasi) nusxalari taqdim etilishi kerak
- Pasportlar darslar boshlangan kundan boshlab bir yil yoki undan ko‘proq amal qilish muddatiga ega bo‘lishi kerak
- Koreyada yashayotlar chet ellikni ro‘yxatga olish kartasining nusxasini (old va orqa tomonlari) ham taqdim etishlari kerak
O'rta maktabni tugatganligi (yoki tugatishi kutilayotganligi) to’g’risidagi guvohnoma
Quyidagilardan biri
- 1Apostil autentifikatsiyasi (Apostilga a'zo mamlakatlardan kelganlar)
- 2Ariza beruvchining mamlakatida joylashgan Koreya konsuli yoki uning Koreyada joylashgan konsuli tomonidan tasdiqlangan hujjatlarning asl nusxalari
Xitoylik abituriyentlar Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi Xitoy Oliy Ta’lim Talabalar Ma’lumotlari (CHSI) tomonidan tasdiqlangan hujjatlarni taqdim etishlari kerak.
O’rta maktabni tugatishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etganlar keyinroq o‘qishni tugatganligi to‘g‘risidagi attestatni topshirishlari shart.
O‘rta maktabda o‘qitilgan fanlar bo‘yicha baholar hisoboti
Asl nusxa va notarial tasdiqlangan tarjima nusxasi (ingliz yoki koreys)
Koreys tilini bilish bo‘yicha sertifikatlangan ball hisoboti
Quyidagilardan biriga tegishli hujjatlar
- 1TOPIK 2-daraja yoki undan yuqori ball hisoboti kabi koreys tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatlar
- 2Mahalliy Koreya universiteti tomonidan berilgan 3-daraja yoki undan yuqori ballga egalik haqidagi koreys tili kursi ballari hisoboti
- 3Koreya Immigratsiya va Integratsiya Dasturi (KIIP) 2-darajali yoki undan yuqori kursini tamomlaganlik haqidagi sertifikat
- 4King Sejong Institute Korean Beginner II yoki undan yuqori kursni tamomlaganlik haqidagi sertifikat
Oilaviy munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlar
- Ariza beruvchining va uning ota-onasining fuqaroligi va oilaviy munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar
- Xitoylik abituriyentlar: Xitoy uy xo‘jaligi ro‘yxatining asl nusxasi (ota-onaning oilasidan ajralganda qarindoshlik guvohnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi)
- Xitoydan boshqa mamlakatlardan bo‘lgan abituriyentlar: Oilaviy munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlar
Bank hisobi balansi haqidagi sertifikat
- Ariza beruvchi yoki uning ota-onasi yoki moliyaviy kafil nomidagi jamg‘arma hisobi qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning asl nusxasi (16 million koreys von va undan ortiq)
- Kamida 1 oylik depoziti va pul yechishni shartli to'xtatib turish davri bolgan bank hisobvarag'i.
Hisobdagi balans sertifikati Koreya Adliya vazirligi koʻrsatmalariga muvofiq taqdim etilishi kerak. Zarur hollarda ma’lum qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi kerak.
Xitoylik abituriyentlar: Kirish vizasiga murojaat qilganingizda, oxirgi bir oy ichida yangi berilgan sertifikatni qo‘shimcha ravishda topshirishingiz kerak.
Moliyaviy ko‘makni tasdiqlovchi hujjatlar
Ish joyi, daromadi va mol-mulkini tasdiqlovchi moliyaviy ko‘mak haqidagi hujjatlarning ingliz yoki koreys tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi (ingliz yoki koreys)
Hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayoni davomida tasdiqlash maqsadlarida qo‘shimcha hujjatlar so‘ralishi mumkin.
O‘qish pulini to‘lash
O‘qish puli va stipendiyalar
O‘qish puli va stipendiyalar : Fakultetlar, O‘qish pullari (A), Stipendiya fondlari (B), Jami to‘lanuvchi summa(A-B), IzohlarFakultetlar
|
O‘qish pullari (A)
|
Stipendiya fondlari (B)
|
Jami to‘lanuvchi summa(A-B)
|
Izohlar
|
Amaliy koreys tili fakulteti
|
2 500 000 von
|
750 000 von
|
1 750 000 von
|
- Stipendiya 30%
- Bekor qilingan qabul (o‘qish) puli
|
Sanoat muhandisligi fakulteti
|
2 750 000 von
|
825 000 von
|
1 925 000 von
|
Qariyalar salomatligi fakulteti
|
2 500 000 von
|
750 000 von
|
1 750 000 von
|
Sun’iy intellekt va kelajakdagi avtomobilsozlik fakulteti
|
2,750,000 von
|
825,000 von
|
1,925,000 von
|
Go‘zallik va kosmetologiya fakulteti
|
2 750 000 von
|
825 000 von
|
1 925 000 von
|
Yotoqxona uchun to‘lov
Yotoqxona uchun to‘lov : Tasniflanishi, Ikki kishilik xona, To‘rt kishilik xona, IzohlarTasniflanishi
|
To‘rt kishilik xona
|
Izohlar
|
Summa
|
810 000 von (Oyiga 135 000 von)
|
Ovqatlanish uchun to‘lovlar bundan mustasno
|
Davr
|
6 oy
|
Bank orqali o‘tkazish uchun hisob: Bank hisobi haqida qabul qilingan talabalar e'lon qilinganida xabar beriladi.
O‘qish puli va boshqa tariflar o‘zgarishi mumkin.
Talabalar Koreyaga kelganidan yoki Koreyaga kirganidan keyin barcha xarajatlarni o‘z zimmalariga oladilar.
[Misollar: Sug‘urta badallari (milliy tibbiy sug‘urta, chet ellik talabalar sug‘urtasi), darsliklar, chet elliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar va boshq.]
Qabul qilish bo‘yicha yo‘riqlar